“Otalar majlisi” Maktabgacha ta’lim yo‘nalishida!
Joriy yilning 31-oktabr kuni Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi MT-25-1 guruhi rahbari tashabbusi bilan “Otalar majlisi” o‘tkazildi.
Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A. Q. Ismoilov, Pedagogika va tillar fakulteti tyutori S. S. G‘afurova hamda Pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi M. E. Mamedova ishtirok etishdi.
Tadbir davomida A. Q. Ismoilov tomonidan Angren universiteti haqida umumiy va to'liq ma’lumotlar berildi.
Guruh talabalari tomonidan she’r va qo‘shiqlar ijro etildi.
Guruh rahbari L. Izaitullayeva esa odob-ahloq qoidalari hamda talabalar o‘zlashtirishi haqida ma’lumot berdi.
Tadbir so‘ngida otalar universitetda yaratilgan sharoitlar, darslar sifati va o‘quv jarayoni bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.