O‘zbek tili – millat g‘ururi, xalq iftixori!

🇺🇿 Bugun Angren universitetida “Til va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi tomonidan 21 oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan bayramona kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 Tadbir davomida o‘zbek tilining tarixiy ahamiyati, uning davlat ramzi sifatidagi o‘rni hamda yoshlar orasida ona tiliga bo‘lgan mehrni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Professor-o‘qituvchilar va talabalar bayramona ruhda kutib olindi va gul va sovg'alar ulashildi.