O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari ijrosi ta’minlanmoqda.
Bugun 2025-yil 20-oktabr kuni Angren universitetida Yoshlar masalalari va ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A’zam Ismoilov hamda fakultet tyutorlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-oktabrdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 656-son qarori ijrosi yuzasidan fikr bildirildi.
Yig‘ilish davomida tyutorlik faoliyatiga oid masalalar, talabalarning davomati, kiyinish odobi, ijarada va yotoqxonada yashovchi yoshlar holati, shuningdek ichki odob-axloq me’yorlariga rioya etish kabi mavzular muhokama qilindi.