Pedagogika va psixologiya kafedrasi haftaligi davom etmoqda!
Joriy hafta davomida Angren universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi tomonidan kafedra haftaligi doirasida bir qator ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy va amaliy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Haftalikning asosiy maqsadi — bo‘lajak pedagoglarda zamonaviy ta’lim va tarbiya jarayoniga oid yangicha qarashlarni shakllantirish, kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish hamda pedagogik-psixologik bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirishdir.
Dastur doirasidagi tadbirlar:
1️ “Ta’lim jarayonida stressni kamaytirishda psixologik yondashuv” (ochiq dars)
Ma’sullar: G.A. Gazibekova, N.Sh. Gaziyeva
2️ “Ona tilim – millatimning yurak ovozi” ma’naviy-ma’rifiy tadbir
Ma’sul: D.A. Xolboyeva
3️ “Eng faol kitobxon” tanlovi (Xudoyberdi To‘xtaboyev asarlari asosida)
Ma’sullar: D.U. Shadiyeva, G. Mallayeva
4️“Sport – sog‘lik garovi” musobaqasi
Ma’sullar: M. Suyunov, I.K. Buranov
5️“Sarishtali uyim – farishtali uyim” mavzusida davra suhbati
Ma’sullar: kafedra o‘qituvchilari
Tadbirlar davomida kafedra o‘qituvchilari va talabalar o‘z ilmiy izlanishlari, ijodiy ishlari hamda ijtimoiy faolliklari bilan ishtirok etmoqdalar.