Prezident Murojaatnomasi Angren universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan pedagoglarga yetkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2025-yil 26-dekabr kuni Oliy Majlisga hamda O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar va muhim vazifalarni ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan pedagog xodimlarga yetkazish, ularning mazmun-mohiyatini chuqur anglatish maqsadida Angren shahar umumta’lim maktablarida maxsus seminarlar tashkil etilmoqda.
4-, 5-, 7-, 8-, 10-, 14-, 17-, 18- va 41-sonli umumta’lim maktablarida tashkil etilgan tadbirlar Angren universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazildi.
Mazkur seminarlar doirasida Prezident Murojaatnomasida ta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan dolzarb masalalar, yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarning kasbiy salohiyatini yuksaltirishda zamonaviy ta’lim yondashuvlarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha belgilangan vazifalar muhokama qilindi.