Professor-o‘qituvchilar uchun xalqaro malaka oshirish imkoniyati


 Hurmatli professor-o‘qituvchilar va rahbar xodimlar!


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–27-son Farmoni hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli topshiriqlari asosida 2026-yil davomida xorijiy davlatlarda malaka oshirish va tajriba almashish dasturi tashkil etilmoqda.


 Dastur tashkilotchilari:

Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti;

Xalqaro Nordik universiteti;

Tallinn University of Technology;

Prime Education Finland.


 Dastur muddatlari:


1–15 iyul 2026-yil – onlayn ta’lim;

17–28 avgust 2026-yil – “Ta’limda sun’iy intellekt” mavzusida xorijiy malaka oshirish kurslari (Latviya, Estoniya, Finlandiya, Shvetsiya va Turkiya davlatlarida).


 Dastur yakunida tinglovchilarga:


Davlat namunasidagi malaka attestati, xalqaro sertifikat taqdim etiladi.

Til bilish sertifikati talab etilmaydi.

Mashg‘ulotlar va tashriflar davomida tarjimonlar jalb qilinadi.


Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagidagi xodimlar 2026-yil 20-iyunga qadar universitetning xalqaro aloqalar bo‘limiga murojaat qilishlari so‘raladi