RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI
Angren universitetida rahbariyat va talaba-yoshlar ishtirokida ochiq muloqot shaklidagi navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
Samimiy va ochiq ruhda o‘tgan uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini nishonlashning g‘oyaviy konsepsiyasi mazmun-mohiyati haqida fikr almashildi.
Muloqot jarayonida mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilgan yutuqlar, tinchlik va barqarorlikning qadr-qimmati hamda yoshlarning Yangi O‘zbekiston taraqqiyotidagi muhim o‘rni haqida so‘z yuritildi.
talaba-yoshlarning fikr va takliflari tinglandi;
ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan ochiq muloqot olib borildi;
ta’lim sifati va talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlar muhokama qilindi;
yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi;
bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, ijtimoiy va ma’naviy faollikni oshirish bo‘yicha fikrlar bildirildi;
talabalar tomonidan berilgan savollarga mas’ullar tomonidan batafsil javoblar berildi.