Rektor va talaba yoshlar uchrashuvi 

2025-yil 17-oktabr kuni Angren universiteti rektori Sh.A. Mutalov hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar va yoshlar masalalari bo‘yicha birinchi prorektor R. Najimaddinov “Davolash ishi” fakultetining birinchi bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Uchrashuv davomida rektor Sh.A. Mutalov talabalar bilan HEMIS dasturi va kredit-modul tizimi haqida suhbatlashib, ularning o‘quv jarayonida bu tizimlardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha tushunchalar berdi. Shuningdek, universitetda joriy etilgan “Bir oyda bir kitob” loyihasi ahamiyati haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

Birinchi prorektor R. Najimaddinov esa talabalarga universitetning ichki tartib-qoidalari, odob-axloq me’yorlari va ularni amalda qo‘llash bo‘yicha foydali ma’lumotlar berdi.