“Siz bu adibni taniysizmi?” chellenji
Angren universiteti “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi 1-bosqich talabalari o‘rtasida mazkur qiziqarli chellenjga start berildi!
Chellenjning maqsadi — yoshlarimizda kitobxonlik madaniyatini oshirish, adabiyotga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish va mashhur adiblar ijodini chuqurroq o‘rganishdir.
Talabalar turli ijodiy yondashuvlar orqali sevimli adiblari va ularning asarlarini targ‘ib etishmoqda.