SMART ANGREN – 2026

Angren universiteti “Eng yaxshi mobil ilova” tanlovini e’lon qiladi.

Sizda foydali ilova g‘oyasi bormi?

Uni real loyihaga aylantirmoqchimisiz?

Unda bu tanlov aynan siz uchun.

Tanlov 2 bosqichda o‘tkaziladi:

1-bosqich – Onlayn saralash

Loyiha taqdimoti, prototip va video taqdimot yuboriladi.

2-bosqich – Yakuniy Demo Day 

Saralangan eng yaxshi loyihalar hakamlar oldida jonli himoya qilinadi.

Kimlar ishtirok eta oladi?

Angren universiteti talabalari

Professor-o‘qituvchilar

Angren shahri bitiruvchilari

Ohangaron tumani maktab bitiruvchilari

Tanlov bo‘yicha yo‘nalishlar

Ta’lim yo‘nalishlari uchun mobil ilovalar

Ekologiya va yashil texnologiyalar uchun veb ilovalar

Ijtimoiy va sog‘liqni saqlash xizmatlari uchun veb ilovalar

Biznes va startap g‘oyalari uchun veb ilovalar

Interaktiv ta’lim va o‘yinlar uchun mobil ilovalar

G‘oliblar quyidagi sovg‘alar bilan taqdirlanadi:

 Diplom va qimmatbaho sovg‘alar

Pul mukofoti

 Startapni rivojlantirish imkoniyati

 Maxsus nominatsiyalar

Tanlov sizga tajriba beradi, jamoa bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantiradi va g‘oyangizni keng auditoriyaga olib chiqadi.

 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 20-martga qadar davom etadi

Final bosqichi o‘tkazilish joyi: Angren universiteti 1-o‘quv binosi

 Batafsil ma’lumot olish uchun: @a_kholisov