“Talabalik – oltin davrim”
Angren universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan universitet yotoqxonasi talabalariga bag‘ishlangan mazmunli va taassurotlarga boy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida talabalar va kafedra o‘qituvchilari o‘rtasida turli sport musobaqalari tashkil etildi. Shuningdek, talabalar dam olishi va madaniy hordiq chiqarishlari uchun musiqiy kecha ham bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir talabalar uchun unutilmas onlarni tuhfa etib, ularga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi!