Til bayrami — haqiqiy bayramona kayfiyatda!
21-oktabr kuni Angren universitetida "O‘zbek tiliga davlat tili" maqomi berilgan kun bayram sifatida keng nishonlandi!
Tadbir O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi.
Universitet rektori Sh.A. Mutalov chiqish qilib, barcha tadbir ishtirokchilarini bayram bilan muborakbod etdi.
Bayram davomida talabalar tomonidan ijro etilgan raqslar, sahna ko‘rinishlari va qiziqarli o‘yinlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.