Toshkent viloyati Yoshlar markazida Angren universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi va yo‘nalish koordinatorlari ishtirokida hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Bunda joriy yil oktyabr, noyabr, dekabr va yanvar oylarida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, fevral oyiga mo‘ljallangan rejalar yuzasidan muhim vazifalar belgilab olindi.

Qalqon jamoasini shakllantirish masalasi ko‘rib chiqilib. IIV, Milliy gvardiya va boshqa tegishli tuzilmalar bilan hamkorlikni kuchaytirish, harbiy qism va okruglarga tashriflarni yo‘lga qo‘yish, universitetda IIV qurolli kuchlari bilan birgalikda “Zakovat” intellektual o‘yinini o‘tkazishni yo'lga qo'yish kabi masalalar muhokama qilindi.