👍 VAKANSIYA E’LONI


🎓 Angren universiteti 2026–2027-o‘quv yili uchun professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish maqsadida malakali mutaxassislarni vakant lavozimlarga ishga taklif etadi.


🔸 Kasbiy fanlar kafedrasi

🟢14 nafar dotsent

🟢4 nafar o‘qituvchi


🔸 Yo‘nalishlar:

Normal fiziologiya, patologik anatomiya, umumiy xirurgiya, ichki kasalliklar va kasb kasalliklari, xirurgik kasalliklar, travmatologiya va ortopediya, urologiya, yuqumli kasalliklar, ftiziatriya, anesteziologiya va reanimatologiya, nevrologiya va tibbiy genetika, neyroxirurgiya, otorinolaringologiya, oftalmologiya, psixiatriya va narkologiya, akusherlik va ginekologiya hamda boshqa mutaxassislik fanlari.


🔸 Umumdavolash ishi kafedrasi

🟢10 nafar dotsent

🟢4 nafar o‘qituvchi


Yo‘nalishlar:

Gigiyena va tibbiy ekologiya, pediatriya, tibbiy radiologiya, dermatovenerologiya, klinik farmakologiya, onkologiya, stomatologiya, akusherlik va ginekologiya.


🔺Aniq va texnik fanlar kafedrasi

🟢Matematika – 1 nafar dotsent

🟢Axborot tizimlari va texnologiyalari – 1 nafar dotsent, 1 nafar o‘qituvchi

🟢Konchilik ishi – 1 nafar dotsent, 1 nafar o‘qituvchi


🔺Til va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi

🟢Xorijiy til va adabiyoti – 9 nafar o‘qituvchi

🟢Arab tili – 1 nafar o‘qituvchi


🔺Iqtisod va moliya kafedrasi

🟢Iqtisodiyot – 3 nafar o‘qituvchi

🟢Moliya va moliyaviy texnologiyalar – 1 nafar o‘qituvchi

🟢Logistika – 1 nafar o‘qituvchi


🔸 Talablar:

✅Oliy ma’lumot (magistratura)

✅Mutaxassislik bo‘yicha malaka va tajriba

✅Fan nomzodi yoki PhD ilmiy darajasiga ega bo‘lish afzallik beradi

✅Milliy va xalqaro sertifikatlarning mavjudligi ustunlik beradi

✅Pedagogik faoliyat yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lish


📄 Hujjatlar belgilangan tartibda qabul qilinadi.


🔸 Eslatma:

Vakant lavozimlarga hujjat topshirgan nomzodlar universitet tomonidan tashkil etiladigan ochiq tanlov asosida saralab olinadi. Milliy va xalqaro sertifikatlarga ega nomzodlarga ustunlik beriladi.


🏛 Angren universiteti jamoasiga qo‘shiling va yoshlar ta’limi hamda ilm-fani rivojiga o‘z hissangizni qo‘shing!


☎️ Batafsil ma’lumot uchun:

📞 +998 93 668 79 09

👤 Mas’ul shaxs: Imamova Xafiza