“Vatan taraqqiyotiga mening hissam” shiori ostida tanlovlar!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Angren universitetida talabalar o‘rtasida ijodiy tanlovlar tashkil etiladi.
“O‘zbekiston yoshlar nigohida” — rasmlar tanlovi
Quyidagi mavzularda maqolalar tanlovi:
“Ona Vatanimning buyuk farzandlari”
“O‘zbekistonlik ekanimdan faxrlanaman”
“Vatanga xizmat qilish – buyuk maqsadim”
Tanlovlarda universitetimizning barcha ijodkor va faol talabalari ishtirok etishlari mumkin.
🇺🇿 O‘z ijodingiz orqali Vatanga bo‘lgan muhabbatingizni namoyon eting!
Ishtirok etish va ijodiy ishlarni taqdim etish bo‘yicha batafsil ma’lumot uchun Telegram profiliga 👉 @feruza_1971_05_14 ga murojaat qiling.