2025-yil 3-sentabr kuni soat 9:00 da Angren universiteti asosiy binosida
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi, yangi 2025–2026 o‘quv yili boshlanishi hamda ilk bitiruvchilarga “Diplom topshirish” tantanasiga bag‘ishlangan
“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tadi.
Sizlarni barchangizni va birinchi bosqichga tavsiya etilgan talabalarni ushbu tadbirga va birinchi o‘qish kuniga taklif etamiz!
Tadbirda shahar va korxona-tashkilot rahbarlari, ota onalar ishtirok etadi.
Tadbir mehmoni – yoshlarning sevimli san’atkori Mustafo.