Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida navbatdagi uchrashuv
Hindistonning "East Meets West AMEGH Enterprise" ta’lim konsalting kompaniyasi vakillari Sonia Bhatia va Naveen Bhasin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida ta’lim sohasidagi hamkorlik istiqbollari, talabalar almashinuvi dasturlari, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalarni kengaytirish hamda kelgusidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha fikr almashdilar.