“Yashil makon” loyihasida Angren universiteti faol ishtirok etmoqda
2026-yil 27-mart kuni Angren shahridagi “Yoshlar bog‘i” ning Angren universitetiga biriktirilgan hududida “Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda universitet Pedagogika va tillar fakulteti jamoasi faol ishtirok etishdi.
Tadbir davomida hududga 50 tupdan ziyod manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Ushbu tashabbus hududni ko‘kalamzorlashtirish, ekologik muhitni yaxshilash hamda yoshlar orasida tabiatga bo‘lgan mas’uliyatni oshirishga xizmat qiladi.