"YOSHLAR KUNI" DOIRASIDA “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” O‘TKAZILDI

 Yoshlar kuni munosabati bilan Inson ijtimoiy xizmatlar markazida "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi mudiri F.B. Kurbanov, Angren universiteti Akademik faoliyat va registrator ofisi mutaxassisi Sh. Uralov,

katta o‘qituvchi D.Sh. Isabekova,

shuningdek “Pedagogika va psixologiya”, “Boshlang‘ich ta’lim” hamda “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi bitiruvchi talabalari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida talabalarga markaz faoliyati, ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, mutaxassislarning ish jarayoni hamda amaliy faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Ochiq muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kelgusidagi kasbiy faoliyatlari uchun muhim amaliy tajribaga ega bo‘ldilar.