YOSHLAR KUNI DOIRASIDA TA’LIM YARMARKASI

 Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan ta’lim yarmarkasida Angren universiteti ham faol ishtirok etdi.

 Yarmarka davomida:

Abituriyentlarga maxsus tarqatma materiallari tarqatilib universitetida mavjud yo‘nalishlar va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

 Abituriyentlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va kelajakdagi ta’lim yo‘nalishlarini tanlashda muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

 Angren universiteti — kelajagingiz uchun to‘g‘ri tanlov!