“Ona tilim – millatimning yurak ovozi” nomli bayram tadbiri
Joriy yilning 17-oktyabr kuni Angren universiteti “Pedagogika va tillar” fakultetida Ona tili bayramiga bag‘ishlangan “Ona tilim – millatimning yurak ovozi” nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor R. Najimadinov ochib berdi.
So‘ngra talabalar tomonidan o‘zbek tili, uning qadri va rivojlanish bosqichlariga bag‘ishlangan ma’lumotlar, she’rlar hamda raqslar namoyish etildi.
Tadbir yakunida Yoshlar masalalari va ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Ismailov Aʼzam Kuldashevich hamda Pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri Kurbanov Fazliddin Botirovich so‘zga chiqib, tadbir ishtirokchilariga o‘z minnatdorchiligini bildirdilar
Namoyish etilgan chiqishlar barchada ko‘tarinki kayfiyat va ona tilimizga bo‘lgan faxr tuyg‘usini uyg‘otdi.