Zakovat maydonida bilimlar bellashuvi o‘tkazildi


 Angren universitetida “Zakovat” intellektual o‘yini yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbir yoshlarning bilim salohiyatini oshirish, ularni mantiqiy fikrlashga undash va sog‘lom raqobat muhitini yaratishga xizmat qiladi.


 Intellektual o‘yinni universitet rektori Sh. Mutalov ochib berdi. U barcha ishtirokchilarga omad tilab, ushbu bellashuv yoshlar uchun muhim tajriba maktabi ekanini ta’kidladi. Shundan so‘ng o‘yinni boshlash uchun “Pedagogika va tillar” fakulteti “Til va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi I. Jabborovga so‘z berildi.


Mazkur bellashuvda jami 17 ta jamoa ishtirok etdi. Angren universiteti talabalari bilan bir qatorda Jahon tillari universiteti hamda 4-sonli texnikum talabalari ham o‘z jamoalari bilan faol qatnashdilar. Har bir jamoa o‘z bilim va salohiyatini namoyon etib, qiziqarli va keskin bahslar olib bordi.


Yakuniy natijalarga ko‘ra:


1-o‘rin Angren universitetining “Level up” jamoasiga nasib etdi.

2-o‘rinni Angren universitetining “Friends” hamda Jahon tillari universitetining “Intilix” jamoalari qo‘lga kiritdi.

3-o‘rin Angren universitetining “Tag‘olar” va Jahon tillari universitetining “Dominant jamoalariga berildi.


Tadbirda Xalq Demokratik partiyasining Angren bo‘limi xodimlari ham ishtirok etib, o‘z jamoasi va sovg‘alari bilan bellashuvga o‘z hissasini qo‘shdi. Ular so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirib, yoshlarning ilmiy va ma’naviy faoliyatida muvaffaqiyat tilashdi.

Mazkur intellektual o‘yin nafaqat bilimlar sinovi, balki yoshlar o‘rtasida do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlovchi muhim platforma bo‘ldi.