Joriy yilning 13-may sanasida Angren universiteti Pedagogika va Psixologiya sirtqi ta'lim yoʻnalishi 109-guruh talabalari tomonidan "3-RENESSANS PSIXOLOG AYOLLARI" nomi ostida ajoyib kecha o'tkazildi.
Ushbu kecha mehmonlari Angren universiteti rektori professor Shuhrat Mutalov Ahmadjanovich, Yoshlar masalalari, ma'naviy va ma'rifiy, ilmiy ishlar bo'yicha prorektori R.Najimidinov, Ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo'yicha bo'lim boshlig'i A.Ismailov hamda N.Irbutayev, G.Gazibekova, L.Izatullayeva kabi universitetning oliy nufuzli ustozlari bilan birgalikda Malakaviy amaliyot taqdimoti juda chiroyli o'tkazildi!
Bugungi kunda Psixologiya fani qaysi masalalarda bizga ko'proq kerak bo'lishi fanning kelib chiqish tarixi hamda turli treninglar, badiiy qismlar orqali ko'rsatib o'tildi, shuningdek, P/P 109 guruh talabalari o'z sohasiga bo'lgan qiziqishi va mehri yuqori, qolaversa, amaliyot davrida olgan tajribalari qay darajada mukammal ekanligi bilan barcha guruhlardan ajralib turdi.