14-fevral - buyuk iste’dod egasi, o’zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyondasi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun
14-fevral - buyuk iste’dod egasi, o’zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyondasi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun
Bobur haqida qiziqarli faktlar:
• Bobur 1483-yilda Andijonda, Farg’ona ulusining hokimi Umarshayx Mirzo va Mo’g’uliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi Qutlug’ Nigorxonimlar oilasida dunyoga kelgan
• to’liq ismi - “Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo”
• “Bobur” taxallusi “yo’lbars”, “sher” degan ma’noni anglatadi va jangdagi jasorati uchun berilgan
• 1526-1527-yillarda bo’lib o’tgan janglarda g’olib bo’lgan Bobur Hindistonni qo’lga kiritadi va 300yil hukmronlik qilgan “Boburiylar sulolasi”ga asos soladi
• “Boburnoma” asari O’rta Osiyodan Hindistongacha bo’lgan masofadagi deyarli 50yillik voqealarni haqqoniy ifoda etadi
• Bobur 1530-yilda 47yoshida Agra shahrida vafot etadi