Bugungi kunda kitob mutolaasi hamda uni chop etish davlat ahamiyatiga ega ekanligidan barcha jamoatchilikni xabari bor. Bu haqda mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyevning bir qancha farmon va qarorlari chiqarilgan bo'lib, hozirgi kunda amalda. Davlat hujjatlarining ijrosini ta'minlash maqsadida Angren universitetida ham zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

     Joriy yilning 16-may kuni Angren shahar AKMining o‘quv zalida Angren universiteti professor–o‘qituvchilarining yangi nashr qilingan kitoblarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Har bir ilmiy risola ishtirokchilar tomonidan iliq qabul qilinib, samimiy fikrlar bildirildi. "Shosh - Iloq marjonlari" folklor etnografik ansambli ijrosidagi nomoddiy madaniy merosimizga oid "Zarang qoshiq" qo'shig'i barchaning dilini xushnud qildi.