Angren universiteti "Iqtisodiyot va huquq" fakulteti talabalari Angren shahar tarixiy muzeyiga tashrif buyurdi


Joriy yilning 18-may kuni Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan Angren universiteti "Iqtisodiyot va huquq" fakulteti talabalari Angren shahar tarixiy muzeyiga tashrif buyurishdi. Tadbir davomida talabalar muzeyda saqlanayotgan boy tarixiy meros, madaniy yodgorliklar va eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur tashrif talabalarning tarixiy bilimlarini yanada mustahkamlab, ularning vatanparvarlik tuyg‘ularini oshirdi hamda milliy madaniyat va tarixga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirdi desak mubolag'a bo'lmaydi.