Erta tongdan Universitet rahbariyati va yigitlari, ayol-qizlarni “8-Mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan tabriklab, ularga ko’tarinki kayfiyat ulashishdi. 

Charaqlab turgan quyosh, musaffo osmon va tinch yurtimizda bunday xalqaro bayramni tantanali ravishda nishonlanishi, ayollarga bo’lgan o’zgacha mehr va e’tibor har birimizni quvontiradi. 

Universitet jamoasi va ta’sischilar tomonidan ham alohida topshirilgan esdalik sovg’alari bayramga o’zgacha shukuh bag’ishlab, ayollar yuziga tabassum ulashdi! 

Bundan tashqari, universitet ma’muriyati va kafedralari tomonidan “Balli qizlar” nomli ko’rik tanlov tashkillashtirildi. 

Bahor gullaridek go’zal, nafis va faol qizlar o’zlari tahsil olayotgan yo’nalishlaridan  vakil sifatida qatnashib, turli xil shartlarda bellashdilar. 

Ularning harakatlari hay’at a’zolari tomonidan munosib va shaffof baholanib, barcha o’rinlarga Universitet ma’muriyati tomonidan maxsus esdalik sovg’alari va fahriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. 

G’olibalarni Universitet jamoasi nomidan tabriklaymiz. Demak, quyidagi qizlar g’olibalikni qo’lga kiritishdi. 

1-o’rin: Raufova Shahrizoda-Boshlang'ich ta'lim fakulteti  2-bosqich talabasi

2-o’rin: Zarnigor Isakjanova-Pedagogika va Psixologiya fakulteti 2-bosqich sirtqi bo'lim talabasi

3-o’rin: Abduqahhorova Muxlisahon Davolash ishi fakulteti 1-bosqich talabasi