Angren universiteti talabalari tomonidan 9-may — Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlab tadbir tashkil etildi
Angren universiteti Davolash ishi fakulteti talabalari tomonidan shahar hokimligi va universitet rahbariyati bilan hamkorlikda 9-may — Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir doirasida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat faxriylari yod etildi, ularning ko‘rsatgan jasorati va fidokorona xizmatlari haqida yoshlarga maʼlumotlar berildi.
Tadbirda talaba-yoshlar tomonidan vatanparvarlik ruhidagi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi, urush faxriylari bilan suhbatlar o‘tkazildi hamda ularning holidan xabar olindi.