Qardosh xalqlar hamdoʻstligi mustahkamlanmoqda!

Bugun, 24-iyun sanasida Qirg’izistonning Jalolobod viloyatida joylashgan Innovatsion texnologiyalar va Energetika instituti vakillari Angren universitetiga tashrif buyurishdi. 

Boʻlib oʻtgan rasmiy uchrashuvda ITEIdan universitet rektori Turdumambet Rysbekovich, Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor Zhamilyakan Sakibaevna, Birinchi prorektor Nuris Zhanybekovich hamda “Pedagogika va Gumanitar fanlar” boʻlimi boshlig’i Ilyas Rustambekovich ishtirok etishdi. Universitet binosi, oʻquv xonalari, kutubxona, imtihon jarayonlari bilan tanishgach, qardosh millat vakillari Angren universiteti haqida iliq fikrlar bildirishdi. Uchrashuv soʻngida tomonlar oʻrtasida anglashuv memorandumi imzolandi va hamkorlik doirasida amalga oshiriladigan loyihalar rejalashtirildi. 

Ma’lumot uchun:

Innovatsion texnologiyalar va Energetika instituti 2012-yilda tashkil etilgan;

4000dan ziyod talabalar tahsil olmoqda;

Institutda mavjud yoʻnalishlar:

Axborot tizimlari va texnologiyalari

Elektroenergetika va elektrotexnika

Iqtisodiyot

Pedagogika

San’at ta’limi

Shuningdek, pedagogika va psixologiya, boshlang’ich ta’lim, kompyuter fanlari, matematika, kimyo va qirg’iz tili va adabiyoti oʻqituvchilari uchun qoʻshimcha ta’lim kurslari mavjud.