2025-yil 10-iyun kuni Pedagogika va tillar fakulteti "Til va uni o'qitish metodikasi" kafedrasi o‘qituvchilari Tsoy A.P., Raxmanova G.G. va Nabiyeva K.A. tashabbusi bilan 1-bosqich Rus filologiyasi hamda Xorijiy tillar yo‘nalishi talabalari ishtirokida "Dolzarb 90 kunlik" loyihasi doirasida Toshkent shahriga madaniy-ma’rifiy sayohat uyushtirildi.
Sayohat davomida talabalar mashhur rus shoiri Sergey Yeseninning uy-muzeyini ziyorat qilib, uning ijodi, hayoti va madaniy merosi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ular Adiblar xiyobonida bo‘lishib, o‘zbek va jahon adabiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan ijodkorlarning haykallari va xotira yodgorliklarini tomosha qildilar.
Ushbu tadbir talabalarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish, til va madaniyatni chuqurroq o‘rganishiga xizmat qildi. Hamda o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida ijodiy muloqot va hamkorlik muhitini mustahkamlashga ham sabab bo‘ldi.