Angren universitetda kengaytirilgan pedagogik kengash yig'ilishi bo'lib o'tdi

🏛Angren universitetida universitet rektori Komil Sindarov raisligida kengaytirilgan pedagogik kengash yig'ilishi o'tkazildi. Unda bir qator masalalar muhokama qilindi.

Yig'ilish avvalida, universitet rahbariyati 1-oktyabr ,, Ustoz va murabbiylar ‘’ kuni bilan barcha ustozlarni muborakbod etishdi. Bayram  munosabati bilan, o'tgan o'quv yili mobaynida universitet rivoji yo'lida o'zining munosib hissasini qo'shgan, samarali mehnati hamda tashabbuskorligi bilan jonbozlik ko'rsatgan bir guruh ustozlar taqdirlanishdi.

Shundan so'ng yig'ilishning asosiy qismiga o'tilib, kengash kun tartibi o'qib eshittirildi. Yig'ilishda universitetning o'tgan yilgi ish faoliyati sarhisobi, 2023-2024 o'quv yili uchun qabul jarayonlari hamda yangi o'quv yilida qilinishi kerak bo'lgan ishlar kontseptsiyasi xususida so'z bordi. 

Kun tartibidan o'rin olgan turli masalalar chuqur tahlil qilindi, kengash a'zolarining fikr-mulohazalari tinglandi.

Kengash yig'ilishi yakunida kun tartibidan o'rin olgan masalalar yuzasidan kerakli qarorlar qabul qilindi va kelgusi vazifalar belgilab olindi.