🏛Angren universiteti  1-oktyabr O’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Ustozim-hayotim chirog’i” nomli videolavhalar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovni tashkil etishdan maqsad: Talabalarning o’qituvchi va murabbiylarga bo’lgan ehtiromini yuksaltirish.

Tanlovni o’tkazish tartibi va shartlari: 

Tanlovga vidolavhalar o’zbek va rus tillarida qabul qilinadi; 

‘’Ustozim-hayotim chirog’i‘’ tanlovida ishtirok etish uchun Angren universitetining barcha ijtimoiy  tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo’lish va ulashish; 

videolavhada muallif  tomonidan o’qituvchi yoki murabbiyning faoliyatini aks ettirishi, ustoziga bo’lgan hurmatini mohirona ifodalab berishi, maksimal darajada KREATIV bo’lishi; 

videolavhaning minimal formati 480*360 bo’lgan va davomiyligi 2 daqiqadan oshmasligi;

taqdim etilgan materialga videolavhaning  asosiy g’oyasi ifodalanishi va muallif o’zi haqida qisqacha ma’lumot (F.I.O., fakultet va kurs, telefon raqami) kiritilishi lozim. 

Kimlar qatnashishi mumkin: 

Angren universiteti talabalari  

Videolavha topshirish sanasi: 30/09/2023 

@AU_admin ga yuboring 

Tanlov natijasi 1/10/2023 kuni e’lon qilinadi va eng yuqori 3 ta o’ringa qimmatbaho esdalik sovg’alari va SERTIFIKATLAR bilan taqdirlanadi