ANGREN UNIVERSITETI VAKILLARI HINDISTONDA
Ma'lumot uchun: +998(94)-598-88-88 info@auni.uz
ANGREN UNIVERSITETI VAKILLARI HINDISTONDA
2025–2026 o‘quv yili uchun xorijiy talabalarni jalb etish bo‘yicha muhim tashabbus yo‘lga qo‘yildi. ASMI Medical Education LLC bilan hamkorlikda tuzilgan shartnomaga asosan, Angren universiteti rektori Sh.Mutalov va Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi boshlig‘i A.Ismailov Hindistonning turli shaharlarida o‘tkazilayotgan xalqaro seminarlarda bevosita ishtirok etishmoqda. Seminarlar bo‘lib o‘tadigan shaharlar:
• 12-13-iyul — Dehli & Bhopal
• 14-iyul — Indore
• 15-iyul — Patna & Jaipur
• 16-iyul — Srinagar
• 17-iyul — Raipur
• 18-iyul — Ranchi
• 19-iyul — Bangalore
• 20-iyul — Hyderabad
Ushbu safar Hindiston yoshlari orasida O‘zbekiston oliy ta’limi, xususan, Angren universitetining xalqaro nufuzi va imkoniyatlarini targ‘ib qilishda muhim qadam bo‘lmoqda. Yuzlab xorijiy abituriyentlar bilan muloqot, ta’limdagi yangiliklar va imkoniyatlar muhokama qilinmoqda.