Angren universiteti va Yaponiya aloqalari mustahkamlanmoqda!
Ma’lumki, Angren universiteti hozirda xalqaro hamkorlik bo’yicha qator loyihalarni amalga oshirmoqda. Yaponiyadagi universitetlar va kompaniyalar bilan qilinayotgan shartnomalar ham shular jumlasidandir.
Xalqaro hamkorlik bo’yicha universitet vakillari Yaponiyaga qilgan ish safarida yapon investorlarini universitet bilan hamkorlik qilishga jalb qilishdi va ular ulkan qiziqish bildirib, joriy yilning 4-noyabr kuni, Angren universitetiga shaxsan tashrif buyurishdi.
Bu tarixiy, muhim uchrashuvda Angren universiteti rahbariyati va Azibiz MChJ direktori Hiyane Taku, Noritsuisu MChJ prezidenti Aoki Shogo va ACES Japan MChJ direktori Isakov Islomjon lar qatnashishdi. Ular o’quv binolari hamda talabalar ishtirokidagi o’quv jarayonlari bilan tanishdilar. Talabalarga Hiyane Taku janoblari tomonidan “Yaponiyada ishlash va viza turlari” mavzusida informatsion seminar o’tib berildi. Savol-javoblarga boy bo’lgan ushbu seminardan talabalar ko’plab ishonchli ma’lumotlarga ega bo’lishdi.
Uchrashuv so’ngida, talab va takliflarni o’rganib chiqqan holda, investorlar bilan anglashuv memorandumi imzolandi va mehmonlarga maxsus esdalik sovg’alari topshirildi.
Endilikda universitetimiz talabalari o’z sohalari bo’yicha Yaponiyadagi ilg’or kompaniyalarda amaliyot o’tash imkoniyatiga
ega bo’lishadi !