Angren universitetida talabalarning turar joy sharoitlari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 1-avgustdagi 279-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Angren universiteti rektori Mutalov Shuxratjon Axmadjonovich universitet talabalar turar joyida bo‘lib, yangi o‘quv yili uchun talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi.

O‘rganish davomida mavjud muammolar va kamchiliklar ko‘rib chiqildi.

 Talabalarni turar joy hamda ijara xonadonlari bilan ta’minlash bo‘yicha tuzilgan ishchi guruhning faoliyati ham nazoratdan o‘tkazildi.

Jarayonda rektorga Yoshlar masalalari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor vazifasini bajaruvchi A. Ismailov hamrohlik qildi.