Janubiy Illionis Universitetining O’zbekistondagi ilk hamkorligiga aynan bizning Angren Universiteti muvaffaq bo’ldi! 

 Ma'lumot uchun: Janubiy Illinoys universiteti 1869-yilda tashkil etilgan. 250dan ziyod yo'nalishlar mavjud, 11,000dan ortiq talabalar, 1,000ga yaqin xorijiy talabalar , JIU AQSh Milliy Universitetlar reytingida #280-o’rinda , Times Higher Education (THE) xalqaro reytingida #801-1000-o’rinda

Universitet kampusidan 10milya masofada 2ta davlat bog’i, Qisqichbaqa bog’i milliy yovvoyi tabiat qo’riqxonasi va 4ta katta dam olish ko’llari joylashgan. Ikki OTM o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi va endilikda:

qo’shma tadqiqot dasturlari;

qo’shma akademik mashg’ulotlar;

professor-o’qituvchilar almashinuvi;

talabalar almashinuvi;

qo’shma seminar va konferensiyalar;

 kabilar tashkil etish rejalashtirilmoqda.