Angren universiteti va ASMI Medical Education Centre o’rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi!


Angren universiteti Hindistonning Dehli shahrida joylashgan, 2021-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan hamda hukumat tomonidan tasdiqlangan litsenziyaga ega ASMI Tibbiy Ta'lim Markazi bilan hamkorlikni yo'lga qo'ydi.


Endilikda ushbu hamkorlik doirasida 2025-2026 o’quv yilidan boshlab Angren universitetining Davolash ishi yo’nalishiga xorijlik talabalarni jalb qilish chora-tadbirlari ko'rilmoqda.