Yaponiyada 90kunlik amaliyotni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar maxsus sertifikat bilan taqdirlandi!
Angren universitetining bir guruh talabalari 3 oy davom etgan amaliyot yakunlanganidan so’ng, joriy yilning 19-aprelida Yaponiyadan O’zbekistonga qaytib kelishdi va bugun, universitet rahbariyati hamda talabalar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Talabalar amaliyotni muvaffaqiyatli tamomlaganliklari uchun nufuzli yapon kompaniyasi tomonidan rasman tasdiqlangan maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.
Barcha harajatlar (aviachiptalar, sayohat, ovqatlanish, turar joy va boshqalar) Yaponiyalik hamkor kompaniya tomonidan to’liq qoplab berildi. Bu esa Angren Universiteti talabalariga moddiy tomondan hech qanday og’irlik tug’dirmasdan amaliyotni bajarish, yanada yangi bilimlarga ega bo’lish, zavq bilan Yaponiya madaniyatini o’rganishligiga yordam bo’ldi.
Uchrashuv davomida amaliyot o’tab kelgan talabalar boshqa
talabalar bilan o’zlarining Yaponiya davlati, mehnatkash va mehribon xalqi, ulkan e’tirofga sazovor madaniyati haqidagi taassurotlari bilan bo’lishishdi va ularni ham shu kabi loyihalarda faol ishtirok etishga targ’ib qilishdi.