Yaponiyada talabalar amaliyotni muvaffaqiyatli tamomlab, hozirda Yaponiyaning poytaxti Tokyoda sayohat qilishmoqda.
Bu sayohat Angren universitetining Yaponiyadagi hamkor kompaniyasi tomonidan 100% to’liq qoplab berilmoqda, shu jumladan, aviachipta, mehmonxona va aylanishlari uchun xarajatlar.
Eng quvonarlisi, ayni mavsumda, Sakura daraxtlari gullab, Yaponiya ko’rkiga o’zgacha go’zallik bag’ishlayotgan vaqtda sayohat qilish imkoniyatiga aynan bizning talabalar ega bo’lishdi
Tokyoga borishni orzu qilmaydigan odam bo’lmasa kerak. Talabalar sayohat vaqtida dunyodagi eng baland minora - 634 metrlik Skytree minorasi , eng gavjum Shibuya chorraxasi, tarixiy Asakusa va boshqa diqqatga sazovor mashhur joylarni aylanishmoqda.
Har bir O’zbekiston farzandi uchun oliy maqsad bo’lganidek, talabalarimiz ham yurtimiz bayrog’ini ko’klarga ko’tarib, uni dunyoga tanitish yo’lida harakat qilishmoqda!
Angren universiteti Xalqaro hamkorlik bo’limi va Yaponiyadagi Kazlinks.Co.Ltd tashkiloti tashabbusi bilan tashkillashtirilgan Yaponiyadagi 90 kunlik amaliyot muvaffaqiyatli tamomlandi!