“Mahmudxo‘ja Behbudiy saboqlari” mavzusidagi insholar tanlovining g’oliblari ma’lum bo’ldi


25-mart kuni “Til va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Angren universiteti talabalari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining buyrug‘i bilan Turkiston jadidchilik harakatining asoschisi, taniqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150-yilligini keng nishonlash maqsadida “Mahmudxo‘ja Behbudiy saboqlari” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi. 


Tanlovda talabalar Mahmudxo‘ja Behbudiyning jadidchilik faoliyati xususida juda ko‘p ma’lumotga ega ekanliklarini namoyish etishdi. Bundan tashqari, yozilgan insholarda adibning asarlari, pedagogik mahorati, ayniqsa, “Padarkush” dramasiga keng to‘xtalib o‘tilgan. Insholar mutaxassislar tomonidan tekshirilib o‘rganilgach, g’oliblar nomi aniqlandi. Unga ko’ra, yuqori uchlikdan quyidagi talabalar o’rin olishdi:

1️⃣ — Farangiz Abdumavlonova; 

2️⃣ — Bilola Soataliyeva; 

3️⃣ — Charos Abduvaliyeva.