Angren universiteti va Bharathiar universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi!
Quvonarli tomoni shundaki, universitetimiz Bharathiar universitetining O’zbekistondagi ilk hamkoriga aylandi.
Ushbu hamkorlik memorandumi qanday imkoniyatlarni beradi?
O’zaro talabalar hamda ustozlar almashinuvi dasturlarini yo’lga qo’yish
Qo’shma maqolalar chop etish
Hamkorlikda ilmiy ishlar, tadqiqotlar amalga oshirish, tajriba almashish
Hamkorlikda xalqaro fan olimpiadalarini tashkil etish va ularda ilg’or talabalarni keng ko’lamda qamrab olish
O’z sohasining yetakchi mutaxassislari bilan birgalikda amaliyot o’tash
Qishki va yozgi ta’lim maktablarini tashkil etish va ularda faol qatnashish
Ta’lim sifatini yanada yaxshilash bo’yicha fikr va mulohazalarni almashib, xalqaro toifadagi innovatsion dasturlarni ishlab chiqish
Xodimlar uchun hamkor universitetda malaka oshirish imkoniyati
Umid qilamizki, bu hamkorlik memorandumi nafaqat ikki OTM, balki ikki mamlakat o’rtasidagi do’stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga va kelajakda yetuk kadrlarni yetishib chiqishiga ulkan hissa qo’shadi.
Ma’lumot uchun:
Bharathiar universiteti (BU) 1982-yilda tashkil etilgan Hindiston davlat ta'lim muassasasi bo'lib, buyuk xalq shoiri Subramaniya Bharati nomi bilan atalgan.
BU Hamdo'stlik Universitetlari Assotsiatsiyasi (ACU), Hindiston Universitetlari Assotsiatsiyasi (AIU) va Masofaviy Ta'lim Kengashi (DEC) a'zosi.
Universitet NIRF 2019 tomonidan Hindiston universitetlari orasida 14-oʻrinda va umumiy toifada 21-oʻrinda turadi.
THE (Times Higher Education) reytingiga ko’ra, dunyodagi kuchli universitetlar 800taligi va Osiyodagi nufuzli universitetlar 200taligiga kirgan ilmiy-akademik salohiyati yuqori bo’lgan universitet hisoblanadi.