“BIR OYDA - BIR KITOB” TASHABBUSINING MAQSADI HAMDA GRANT SOHIBI BO'LGAN TALABALARNI TAQDIRLASH MAROSIMI

 Angren universiteti talabalari, professor-o‘qituvchilari “Bir oyda – bir kitob” tashabbusining maqsadi yoshlarda, aholining ziyoli qatlamlari orasida kitobxonlik ana’nalarini rivojlantirish, kitobga mehr-muhabbatini uyg‘otishdan iborat. Sir emaski, keyingi paytlarda internet, telefon, kompyuter kabi axborot texnologiyalarining hayotimizga kirib kelishi nafaqat yoshlar balki, katta yoshli aholi, ota-onalar o‘rtasida ham kitobxonlikning susayishiga sabab bo‘ldi.

Bugun Angren universiteti tashabbusi bilan tashkil etilgan "Kitob saodat kaliti" Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo’lib o’tdi . Tashabbus har bir talaba, murabbiydan har oyda kamida bitta kitob mutolaa qilish, tassurotlarini tengdoshlari, kasbdoshlari bilan muhokam qilish, eng sara kitoblarni boshqalarga ulashish, munozaralar uyushtirish,  kitobxonlik kechalari, davra suhbatlari tashkil etish orqali yoshlarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, kitobxonlik odobi, tartib-qoidalarini o‘rgatish, tez va soz kitob o‘qish sirlarini o‘zlashtirishni ko‘zda tutadi.

Bugungi anjumanda,

Angren shahar hokimi A.A.Raimov, Angren universiteti rektori, professor,  K.O.Sindarov

Pedagogika fanlari doktori, professor, Ijtimoiy, ma’naviy tadqiqotlar instituti direktor o’rinbosari M.Quranov 

Shoira, jurnalist, yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O’zbekistonda hizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Z.Mo’minova

Jizzax viloyat bolalar kutubxonasi direktori   A.Q.Yo’ldoshev ishtirok etdilar.

Bundan tashqari, anjumanda 2023/2024-o’quv yili uchun Angren universiteti tomonidan tasis etilgan 

1-darajali 100% grantlar - 6-nafarga,

2-darajali 75% grantlar - 5 nafarga,

3-darajali 50% grantlar - 5 nafar,

4-darajali grantlar - 3 nafar talabalarga 25%-lik grant sertifikatlari topshirildi va to’lov-shartnomalari  qoplab berildi.