Angren universiteti va Latviyada joylashgan Boltiq Xalqaro Akademiyasi o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi! 

Ma’lumot uchun:

-Boltiq Xalqaro Akademiyasi Boltiqbo’yi davlatlaridagi eng yirik nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan biri bo’lib, 1992-yilda tashkil etilgan

-BXA - Yevropa oliy ta’lim standartlariga to’laqonli javob beruvchi, butun dunyo bo’ylab tan olinuvchi rasmiy akkreditatsiyadan o’tgan oliy o’quv yurti 

-Akademiyada 26ta o’quv dasturlari va 8ta o’quv yo’nalishlari mavjud 

-Bitiruvchilar soni 30,000dan ziyod 

-Akademiyada 30dan ortiq davlatlardan bo’lgan xorijiy talabalar ta’lim olishadi

-Ushbu OTM butunjahon universitetlari bilan deyarli 400ta hamkorlik kelishuvlarini amalga oshirgan, shularning 145tasi 25 nafar Yevropa mamlakatlari bilan Erasmus+ dasturi doirasida tashkil etilgan 

-Darslar va seminarlar taniqli ma’ruzachilar, tadqiqotchilar va biznes olamining professionallari tomonidan olib boriladi va ular orasida 110dan ortiq professorlar faoliyat yuritadi. 

Memorandumga binoan, ikki hamkor OTM o’rtasida :

-ilmiy tadqiqot ma’lumotlari, adabiyotlari hamda nashrlar almashinuvi;

-talabalar almashinuvi;

-olimlar va tadqiqotchilar almashinuvi;

-dissertatsiya yoqlash davomida PhD talabalarining qo’shma akademik nazorati;

-akademik amaliyot dasturlari;

-qo’shma seminarlar va ilmiy konferensiyalar;

-qo’shma ilmiy nashrlar ;

-qo’shma ilmiy laboratoriyalar va markazlar tashkil etish kelishildi.