“Buyuk Gʻalabani xotirlaymiz!” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi


 Joriy yilning 8-aprel kuni Angren universitetida “BUYUK GʻALABANI XOTIRLAYMIZ!” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir “Til va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi o‘qituvchilari Rahmonova G.G. va Nabieva K.A. tomonidan tashkil etildi. Konferensiya Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 80 yilligiga bagʻishlandi.


Tadbirda Angren universiteti ma’naviyat va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Najmiddinov R.D., professor-o‘qituvchilar, HT-24-3, 4, 5 hamda IF-24-1-guruh talabalari ishtirok etdilar.


Mehmonlar sifatida Belarus va Rus madaniyat markazlari rahbarlari — Nadolenko V.V., Babitskaya V.Ya., Elizarova N.G. hamda “BRAVO” duet guruhi tashrif buyurdi. Tadbirda, shuningdek, Angren shahri mehnat faxriysi Shilovskaya L.M. ham ishtirok etdi.


“BRAVO” guruhi bilan birgalikda urush yillarining mashhur qo‘shiqlari: “Juravli”, “Eh, yo‘llar…”, “Ko‘k ro‘molcha” qo‘shiqlari kuylab, raqslar ijro etildi. Chet tillar yo‘nalishi talabalari harbiy mavzudagi she’rlarni o‘qib eshittirdilar.


Tadbir so’ngida, universitet nomidan mehmonlarga tashakkurnomalar topshirildi. Javoban Belarus va Rus madaniyat markazi bayramga atalgan tabrik plakatini taqdim etdi.