DAVOLASH  ISHI FAKULTETINING MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLARI

"Davolash ishi" kafedrasining asosiy faoliyatlardan biri - talabalarda axloqiy qadriyatlarni, kasbiy faoliyatiga manfaatli boʼlishni, sogʼlom turmush tarzi zaruriy ehtiyojligini shakillantirish, ularni universitetning ommaviy – madaniy tadbirlarga jalb etishdir. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun fakultetda murabbiylar kengashi ish yuritmoqda .  Fakultet talabalarni boʼsh vaqtlarni mazmunli oʼtkazish maqsadida, murabbiylar rahbarligida jamoat tadbirlarida, ochiq darslarga, havaskorlik tashabbuslariga jalb etilmoqda

Jumladan, bugun Angren universitetida davolash ishi kafedrasi hamkorligida 

        🔵Zaripov Bakhriddin  - biologiya fanlari doktori, professor, fanlar akademiyasi – akademigi.

    🔵Nurmat Otabekov – Respublika sanitariya epidemiologiya  va jamoat salomatligi qo‘mitasi raxbari  – davolash ishi yo’nalishi  talabalari bilan "Aholi o‘rtasida turli yuqumli kasalliklarini tarqalishi va uni oldini olish, epidemiologik vaziyat" to‘g‘risida davra suxbati olib borildi.

Samimiy ruhda tashkil etilgan uchrashuv,  Angren universiteti talabalari uchun qizg‘in va sermazmun bo’ldi .Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar. Tadbir yakunida Angren Universiteti rektori Komil Oydinovich Sindarov mehmonlarga esdalik sovg'alar topshirib, tashrif uchun minnatdorchilik bildirdilar.