Angren universiteti Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan ta’lim darajasini yuksaltirish maqsadida faoliyat olib boradigan mobillik va hamkorlik loyihasi bo’lgan Erasmus Mundus dasturiga a’zo bo’ldi!
Ma’lumot uchun: Erasmus Mundus Erasmus+ Yevropa Ittifoqining ta’lim, o’qitish, yoshlar va sport sohalarida hamkorlik, tadbirlar va mobillikni qo’llab-quvvatlash loyihasining oliy ta’lim yo’nalishidagi dasturi hisoblanadi.
Erasmus+ ning taxminiy byudjeti 26,2milliard yevroni tashkil etadi.
Ushbu dasturga a’zo oliy ta’lim muassasalari o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yishadi. Aksariyat loyihalar Yevropa davlatlari hamda jahonning boshqa mamlakatlari o’rtasidagi hamkorlikka asoslangan. Ta’limni rivojlantirish g’oyasini ilgari surgan holda, ishtirokchi universitetlar o’rtasidagi institutlararo shartnomalar asosida talabalar uchun maxsus grantlar ajratiladi. Bu esa talabalarga hamkor OTMlarda bepul ta’lim olish imkoniyatini beradi. Yevropa Ittifoqi ushbu dasturlarni amalga oshirish va butun dunyo bo’ylab eng yaxshi talabalarga raqobatbardosh stipendiyalar taklif qilish uchun mablag’ ajratadi.