Dunyoning eng rivojlangan davlatlaridan bo’lgan Singapur Angren universitetinining navbatdagi hamkori!
Joriy yilning 5-yanvarida Angren universiteti Xalqaro hamkorlik bo’limi vakillari hamda Singapurning ERC instituti vakillari bilan masofaviy muhokama uchrashuvi tashkillashtirildi va ikki OTM o’rtasida o’zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
ERCI Singapur davlatining nufuzli institutlaridan bo’lib, bir qator tayyorlov kurslari va 10dan oshiq oliy ta’lim yo’nalishlarini taqdim etadi. Bu xalqaro institut 10,000dan ziyod bitiruvchi talabalar ulushiga ega va ularni 38 xil millat vakillari tashkil etadi.
Kelgusida,ushbu manfaatli hamkorlik har ikki tomonning ilmiy-akademik taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shadi, desak mubolag’a bo’lmaydi.