Angren universiteti rahbariyati hamda Yoshlar ittifoqi jamoasi Ikkinchi jahon urushi faxriylarini ziyorat qildi!
Joriy yilning 6-may kuni Angren universiteti rahbariyati va Yoshlar ittifoqi universitet boshlangʻich tashkiloti a’zolari 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ulugʻ Vatan urushi qatnashchilarini, shu jumladan, mehnat frontida xizmat qilgan Lyubov Maksimovna Shilovskayani ham ziyorat qilib, ularni bayram bilan tabriklashdi.
Tashrif davomida faxriylar holidan xabar olinib, samimiy suhbatlar oʻtkazildi, esdalik sovgʻalari topshirildi. Ushbu tashrif yoshlarda vatanparvarlik tuygʻularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Universitet jamoasi, shuningdek, bu kabi uchrashuvlarni muntazam davom ettirish, tarixiy xotirani asrash va faxriylarimizga hurmat ko‘rsatishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.