Angren universiteti Yevropa ittifoqi a’zosi boʻlgan Kipr Respublikasida joylashgan Final Xalqaro Universitetining Oʻzbekistondagi ilk hamkoriga aylandi

Ma’lumot uchun:

FXU 2015-yilda Shimoliy Kiprning Girne tumanida Turkiyadagi yetakchi taʼlim brendi Final Education Institutions va Shimoliy Kiprdagi turizm sektorida yetakchi operator boʻlgan DMG-Akgünler guruhi oʻrtasidagi hamkorlik sifatida tashkil etilgan

Final ta’lim muassasalari (FEI) 42 yildan ortiq vaqt davomida ta’lim xizmatlarini taqdim etib keladi

Mavjud yoʻnalishlar:

   Stomatologiya, Farmasevtika, Pedagogik fanlar, San’at va fanlar, Huquq, Iqtisodiyot va ma’muriy fanlar, Arxitektura va tasviriy san’at, Muhandislik, Sog’liqni saqlash fanlari, Turizm va pazandachilik san’ati, Jismoniy tarbiya va sport, Chet tillar 

Ikki OTM oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Endilikda quyidagi loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda: 

talabalar almashinuvi;

oʻqituvchi-professorlar almashinuvu;

qisqa muddatli dasturlar;

qoʻshma tadqiqot dasturlari va ilmiy nashlar

qoʻshma seminarlar va konferensiyalar

qoʻshma madaniy tadbirlar