Universitetimiz talabalari Fransiya elchixonasida bo‘lib, Frankofoniya bayramida ishtirok etishdi 


“Til va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasining fransuz tili o‘qituvchisi H. Kurnaliyev 18-mart kuni xorijiy yo‘nalishdagi bir guruh talabalar bilan Toshkent shahridagi Fransiya elchixonasida tashkillashtirilgan Frankofoniya bayrami tadbirida ishtirok etishdi. Fransiya elchixonasi attashesi Serj  Bellini bilan talabalar uchrashuvi  tashkil etildi. Uchrashuv fransuz tilida olib borildi. Undan so‘ng  Temuriylar tarixiy muzeyi va shahidlar maydoniga ham sayohat uyushtirildi. Talabalar bir olam quvonch va xotiralar bilan qaytishdi.


Frankofoniya — dunyoning frankofon davlatlari hamkorligining xalqaro tashkilotidir. U yer kurrasining turli nuqtalarida joylashgan davlatlarni namoyon qiluvchi 60 dan ortiq a’zolari va 20 ga yaqin kuzatuvchilarni o‘z ichiga oladi. Tashkilotga a’zo bo‘lishning asosiy mezoni o‘sha davlatda fransuz tilining o‘rganilish yoki o‘rganmasligi emas, balki Fransiya bilan asrlar davomidagi madaniy aloqalarning mazmunidadir.